Delegatsiya a’zolariga viloyat hokimining o’rinbosari J.Haydarov hamrohlik qildi. Mehmonlar dastlab hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati va korxonalarning texnologik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar Urgut EIZning yuqori salohiyatini e’tirof etib, istiqbolda Sankt-Peterburg va Urgut o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini...
Joriy yilning 7-8 noyabr kunlari Toshkent viloyatida Yangiyo‘l tumani, “Tinchlik” sanoat zonasidagi “Tamerlan marketing” MCHJ korxonasi pavilonida sanoat yarmarkasi bo’lib o’tadi.
Yarmarkada tog’-kon metallurgiya, kimyo, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari va qishloq xo’jaligi texnikasi ishlab chiqarishuvchilari mahsulotlari taqdim etiladi. Samarqand viloyatidagi barcha sanoat korxonalari iqdisodiy aloqalarini kengaytirish uchun faol ishtirok etishga taklif etiladi. Murojaat uchun telefon: 88 492 03 40
Qozog‘iston Elchisi Beybut Atamkulovning Samarqand viloyatiga Tashrifi
Joriy yilning 8-10-oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Elchi Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “MIRANKUL CONSTRUCTION MATERIALS LTD” MCHJ, “SCHELKOVO AGROHIM-O‘ZBEKISTON” qo‘shma korxonalari va shuningdek, “TESPACK INVESTMENT” MCHJ va “OIL EXTRACTION” qo‘shma korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi....
Polsha davlatining lyublin voevodligi delegatsiyasining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Urgut”erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi
Polsha davlati Lyublin voevodligi assambleyasi (Xalq deputatlari viloyat kengashi) raisi M.Riba boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Urgut”EIZning Xishrav va Sazag’on massividagi korxonalarga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida mehmonlarga “Urgut”EIZ direksiyasi direktori o’rinbosari G’.Madarov hamrohlik qildilar. Mehmonlar EIZ hududidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yaqindan kuzatishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarga...
Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy Rivojlanish va Savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Janob Solehzoda Ashurboy Abduvoxid boshchiligidagi delegatsiya “Urgut” EIZga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Samarqand viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va “Urgut” EIZ direksiyasi direktori J.Haydarov mehmonlarga hamrohlik qildilar. Delegatsiya Urgut iqtisodiy zonasida joylashgan korxonalarning faoliyati bilan tanishdi. Ushbu hududda joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlari va ularning imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish, hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishda, iqtisodiy aloqalarni yanda rivojlantirishda...
Samarqand va Tianjin O’rtasida Iqtisodiy-Savdo Hamkorlik Forumi: Yangi Imkoniyatlar eshigi
O’zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi Tianjin shahri o’rtasida iqtisodiy-savdo hamkorlik forumining o’tkazilishi ikki mintaqa o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim qadamdir. Ushbu forum, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish va yangi investitsiya imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. Forum davomida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining mavjud imkoniyatlari va soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar...
“Urgut”erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani delegatsiyasi tashrif buyurdi
Kuni kecha, Beruniy tumani hokimi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Urgut EIZ faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar. Tashrif davomida vakillar Urgut EIZ tajribasini o‘rganib, ushbu tajribani Beruniyda joriy etish imkoniyatlarini tahlil qildilar Dastlab, mehmonlar “Urgut”EIZ ning Xishrav massivida joylashgan yirik ishlab chiqarish va eksport hajmiga ega “Aziya Metal proff”...
Ayni damda “Urgut”erkin iqtisodiy zona direksiyasida Xitoy Xalq Respublikasining “XINJIANG SHENGQIAO NEW BUILDING MATERIALS CO.LTD vakillari bilan ikki tomonlama muzokara bo‘lib o‘tmoqda
Muzokarada tomonlar “Urgut”EIZ hududida “SHENGQIAO NEW BUILDING MATERIALS CO.LTD” xorijiy korxonasi tomonidan “Korxona va xizmat ko‘rsatish shahobchalari uchun namunaviy temir-beton binolar ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish borasida olib borilmoqda va EIZ rahbariyati tomonidan loyiha doirasida tadbirkorlarga yaratib beriladigan infratuzilma,kommunikatsiya liniyalari hamda soliq imtiyozlari haqida ma’lumot berilmoqda. Umid qilamizki ushbu...
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida Birlashgan Millatlar Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti ekspertlari tomonidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Seminarda, ekspertlar “Urgut”EIZ korxonalariga tashrifi chog‘ida ishlab chiqarishda yo‘qotilayotgan issiqlik miqdori va uning korxona iqtisodiyotiga qanchalik zarar yetkazayotganini o‘rganib, tahlil qilib, EIZ hududida faoliyat yuritayotgan boshqa korxona mutaxassislariga o‘rganilgan muammolar va ular yechimi bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berishdi. Yakunda bir qancha yirik ishlab chiqarish salohiyatiga ega korxonalar mutaxassislari ham o‘z...
Бугун 20 август – Ўзбекистон тарихида 4-бора Тадбиркорлар куни кенг нишонланмоқда.
Ургут эркин иқтисодий зона дирекцияси Сиз, азизларни, 20 август – Тадбиркорлар куни билан чин дилдан қутлаб, барчангизга сиҳат-саломатлик, юрт равнақи ҳамда халқ фаровонлиги йўлидаги олижаноб фаолиятингизда улкан зафарлар тилайди. Сизлар бор экансизлар, Ўзбекистон албатта катта марраларни забт этишда дадил одимлайверади!