“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida Birlashgan Millatlar Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti ekspertlari tomonidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida Birlashgan Millatlar Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti ekspertlari tomonidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Seminarda, ekspertlar “Urgut”EIZ korxonalariga tashrifi chog‘ida ishlab chiqarishda yo‘qotilayotgan issiqlik miqdori va uning korxona iqtisodiyotiga qanchalik zarar yetkazayotganini o‘rganib, tahlil qilib, EIZ hududida faoliyat yuritayotgan boshqa korxona mutaxassislariga o‘rganilgan muammolar va ular yechimi bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berishdi.

Yakunda bir qancha yirik ishlab chiqarish salohiyatiga ega korxonalar mutaxassislari ham o‘z tajribalari jarayonida yuzaga kelgan elektr va issiqlik quvvati yo‘qotishlari haqida so‘zlab, ularga ekspertlar tomonidan maslahat va tavsiyalar berilib dastur davomida ushbu korxonalarni ham ekspertizadan o‘tkazishlari haqida kelishib oldilar.

Umid qilamizki yuqoridagi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatimiz EIZ korxonalariga kelajakda katta marralarni zabt etishda o‘z samarasini beradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

en_USEnglish

UFEZ - Join us for a great future!

Connect with us

Privacy Policy / Ufez - free economic zone Uzbekistan © 2017 - 2023 / All Rights Reserved.