Tashrif davomida Samarqand viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va “Urgut” EIZ direksiyasi direktori J.Haydarov mehmonlarga hamrohlik qildilar.
Delegatsiya Urgut iqtisodiy zonasida joylashgan korxonalarning faoliyati bilan tanishdi. Ushbu hududda joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlari va ularning imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish, hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishda, iqtisodiy aloqalarni yanda rivojlantirishda ushbu tashrifning ahamiyati katta.
Mehmonlarga ushbu korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati va texnologik infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Delegatsiya a’zolari, o‘z navbatida, Urgut iqtisodiy zonasining sanoat sohasidagi yutuqlari va istiqbollariga yuqori baho berdilar.
Ushbu tashrif, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi investitsiyalarni jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi.
Tashrif yakunida, tomonlar o‘rtasida kelajakdagi hamkorlik rejalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi va keyingi qadamlar belgilandi. Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlanishi va bu, o‘z navbatida, ikkala mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashda o’rni katta.
Ushbu tashrif Samarqand viloyati va Urgut iqtisodiy zonasining xalqaro darajadagi iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishdagi muhim qadam bo‘ldi
Leave a Reply