Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida joriy yilning 25-26-27-noyabr kunlarida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududlariga ko‘chatlarni ekish va bog’lar barpo etish bo’yicha direksiya xodimlari tomonidan hashar tashkil etildi.
Mazkur umummilliy loyiha doirasida “Urgut” EIZ direksiyasi xodimlari hamda EIZning ishtirokchi korxonalari tomonidan Sariqtepa massivi hududida maxsus maydonga va korxonalar hududlariga 1000 donaga yaqin mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.
EIZning barcha hududlarida ishtirokchi korxonalariga belgilab berilgan rejalarga asosan «Birgalikda daraxt ekamiz» tashabbusi doirasida ko’chat ekish ishlari davom etmoqda.
Leave a Reply