Section: News in Urgut

home / News in Urgut
Avval xabar berganimizdek, “Urgut”erkin iqtisodiy zonasi UNIDO va GIZ bilan EIZ hududida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib borilayotgan edi
Post

Avval xabar berganimizdek, “Urgut”erkin iqtisodiy zonasi UNIDO va GIZ bilan EIZ hududida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib borilayotgan edi

18-avgust sanasida J.Xaydarov boshchiligida ushbu tashkilotlar vakillari bilan yashil iqtisodiyotga o‘tish, ishlarni bajarish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, “Urgut”erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan,mahsulot ishlab chiqarishda elektr quvvati va gaz iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalar manzilli ro‘yxati tuzilib, ular bilan taklif etilayotgan loyihalarni joriy etish bo‘yicha fikr almashish rejalari tuzildi.

“Urgut”erkin iqtisodiy zonasining faol tadbirkorlari “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan taqdirlandilar.
Post

“Urgut”erkin iqtisodiy zonasining faol tadbirkorlari “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan taqdirlandilar.

Ibodullayev Umarjon G‘aybullayevich – Urgut tumanidagi «Bekmez Carpet» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, «Shuhrat» medali bilan, Mirboboyev Shaxob Asatillo o‘g‘li – Urgut tumanidagi «Urgut Mikro Metal» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar Ushbu taqdirlanganlarni  Urgut EIZ direksiyasi rahbariyati tomonidan tabriklaymiz

25 iyul 2024 yil kuni, Xitoy Xalq respublikasida Samarqand viloyati delegatsiyasi bilan Guandun provinsiyasi o‘rtasida Iqtisodiy Hamkorlik Biznes Forumi bo‘lib o‘tdi.
Post

25 iyul 2024 yil kuni, Xitoy Xalq respublikasida Samarqand viloyati delegatsiyasi bilan Guandun provinsiyasi o‘rtasida Iqtisodiy Hamkorlik Biznes Forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Samarqand viloyati rasmiylari hamda Guandun provinsiyasi hukumat a’zolari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.   Biznes forum Xitoyning nufuzli telenashrlarida ham namoyish etildi. Ushbu biznes forum Xitoy bilan hamkorlikdagi investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda logistika masalalarini o‘zaro hal etish, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.   Forum ishida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib hamkorlikda erishilgan...

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamda viloyati hokimining o‘rinbosari J.Xaydarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan ushbu davlatda bo‘lib turishibdi.

Ayni vaqtda Delegatsiya a’zolari Guangdong provinsiyasida bir qancha tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Samarqand viloyatidagi mavjud investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish hamda Urgut erkin iqtisodiy zona hududlaridan samarali foydalanish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish

“Axmad Isroil Tekstil” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi paypoqlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Post

“Axmad Isroil Tekstil” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi paypoqlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 110 nafar kishi ish bilan ta’minlagan. Ta’kidlanishicha, korxonada jahon standartlariga to‘la mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda ishlab chiqarilayotgan paypoqlar ichki bozordan tashqari xorijga eksport qilinmoqda. Korxona tomonidan og‘irligi 36,8 tonna, qiymati 1,37 million AQSH dollari miqdoridagi tovarlar Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston davlatlariga eksport...

”Urgut” EIZ hududida tibbiy preparatlar ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qo‘yildi
Post

”Urgut” EIZ hududida tibbiy preparatlar ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qo‘yildi

www.ufez.uzJuly 12, 2024 Urgut erkin iqtisodiy zonasining G‘ubdin massivi hududida Xitoy davlatining yirik dori vositalari ishlab chiqaruvchisi “Xindeyuan Bioenginering” Co. Ltd korxonasi tomonidan “YANGI OSIYO XALQARO BIOFARMATSEVTIKA” MChJ XK tomonidan “Tibbiy preparatlar ishlab chiqarilish” loyihasini amalga oshirilishiga poydevor qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, korxona rahbariyati va keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi. Loyiha...

Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga tashrifi to’g’risida
Post

Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga tashrifi to’g’risida

Joriy yilning 24-30 iyun kunlari Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari O.Xamrayev boshligidagi delegatsiya Turkiya davlatiga tashrif buyurdi. Ushbu delegatsiyaga “Urgut” Erkin Iqtisodiy zona direksiyasi direktori o‘rinbosari G‘. Madarov ham hamrohlik qildilar va bir qator turk ishbilarmonlari hamda hukumat vakillari bilan biznes uchrashuvlar tashkillashtirilib, kelgusida turk investorlari bilan Samarqand viloyatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan investitsion loyihalar  hamda...

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joriy yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Post

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joriy yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot

2024-yil 1-iyul holatida Qiymati 1327,5 mln dollarlik 171 ta loyihalar joylashtirilgan, Shundan umumiy qiymati 622,0 mln dollarlik 86 ta loyihalar ishga tushirilgan bo’lib mazkur loyihalar tomonidan 2 083,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib 64,1 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan va 6521 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan.   Bundan tashqari, 705 mln dollarlik 85 ta loyihalarda...

Urgut EIZda  Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik agentligining grand dasturlari to’grisida uchrashuv bo’lib o’tdi
Post

Urgut EIZda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik agentligining grand dasturlari to’grisida uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 1-iyul  sanasida Urgut EIZ hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi mutaxasislari bilan eiz hududidagi korxonalarida eko tizimni yaxshilash va sanoat chiqindilaridan samarali foydanish bo’yicha kelgusida bajariladigan  ishlar muhokama qilindi. Muhokama yakunida korxonalarni elektro tijamkorligini beg’araz baholash va audit o’tkazish bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Post

Urgut EIZda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik agentligining grand dasturlari to’grisida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 1-iyul  sanasida Urgut EIZ hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti va Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi mutaxasislari bilan eiz hududidagi korxonalarida eko tizimni yaxshilash va sanoat chiqindilaridan samarali foydanish bo’yicha kelgusida bajariladigan  ishlar muhokama qilindi, Muhokama yakunda korxonalarni elektro tijamkorligini beg’araz baholash va audit o’tkazish bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yildi.

en_USEnglish

UFEZ - Join us for a great future!

Connect with us

Privacy Policy / Ufez - free economic zone Uzbekistan © 2017 - 2023 / All Rights Reserved.