Forumda Samarqand viloyati rasmiylari hamda Guandun provinsiyasi hukumat a’zolari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Biznes forum Xitoyning nufuzli telenashrlarida ham namoyish etildi. Ushbu biznes forum Xitoy bilan hamkorlikdagi investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda logistika masalalarini o‘zaro hal etish, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Forum ishida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib hamkorlikda erishilgan ilmiy texnologik ishlab chiqarish hamda hozirgi paytda qurilishi davom etayotgan investitsion loyihalarning mintaqada o‘zaro tovar ayirboshlash, savdo aloqalarini rivojlantirishda tutgan o‘rni haqida ta’kidlab o‘tdi.
Leave a Reply