👏🌐The promise given to the president was fulfilled, a new production enterprise was launched and the products were exported

👏🌐PREZIDENTGA BERILGAN VADA BAJARILDI. YANGI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI ISHGA TUSHIRILIB MAHSULOT EKSPORTGA CHIQDI

«Sam Elektro Servis» korxonasi tomonidan bugun maishiy texnikalar ishlab chiqarish tarmogʻi kengayib, yangi quvvatlar yaratilmoqda. “IDEAL” brendi ostida milliy mahsulotlarimiz nafaqat mahalliy, balki xorijlik xaridorlarning ham ishonchiga kirmoqda.

📝Bu yerda umumiy qiymati 3,5 mln.dollar boʻlgan changyutgichlar yangi ishlab chiqarish loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Yillik quvvati 150 ming dona boʻlgan ushbu loyiha hududdagi 60 nafar yigit-qizlarni oʻz bagʻriga oldi.

!!!Eng e’tiborlisi, Davlatimiz rahbarining ushbu korxonaga tashrifi chogʻida bergan koʻrsatma va topshiriqlar bugun amaliyotda oʻz natijasini koʻrsatdi.

Biz Prezidentimizga ilk mahsulotimizni xorijga eksport qilish boʻyicha va’da bergan edik. Nazarimda, biz bu ishonchni oqladik. Hozirda dastlabki mahsulotlarimizni Qirgʻiziston Respublikasiga eksportga yuboryapmiz,deydi «Sam Elektro Servis» MCHJ ta’sischisi Sohib Azimov.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

en_USEnglish

UFEZ - Join us for a great future!

Connect with us

Privacy Policy / Ufez - free economic zone Uzbekistan © 2017 - 2023 / All Rights Reserved.