“Urgut”erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani delegatsiyasi tashrif buyurdi

“Urgut”erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani delegatsiyasi tashrif buyurdi

Kuni kecha, Beruniy tumani hokimi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Urgut EIZ faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar. Tashrif davomida vakillar Urgut EIZ tajribasini o‘rganib, ushbu tajribani Beruniyda joriy etish imkoniyatlarini tahlil qildilar

Dastlab, mehmonlar “Urgut”EIZ ning Xishrav massivida joylashgan yirik ishlab chiqarish va eksport hajmiga ega “Aziya Metal proff” MCHJ korxonasiga tashrif buyurib u yerdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishishdi va korxona faoliyati bo’yicha qimmatli ma’lumotlarni bilib oldilar 
Shundan so’ng, mehmonlar EIZning Sazag’on massividagi bir qator xorijiy va mahalliy investitsiyalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun, massivda yaratilgan muhandislik kommunikatsiya aloqalari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishda “Urgut”EIZ tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar soliq imtiyozlari va ushbu massivdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi bilan ham tanishtirildi.
Uchrashuv chog’ida mehmonlar Beruniy tumanidagi istiqbolli investitsiya loyihalari, mavjud xomashyo bazasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan loyihalar haqida ma’lumotlar berib EIZ korxonalarini hamkorlikga taklif etishdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar,”Urgut” EIZning Sariqtepa, Mergancha massivlarda faoliyat yuritayotgan yirik korxonalari faoliyatini yaqindan kuzatdilar
Ushbu tashrif Beruniy tumani uchun kelajakdagi iqtisodiy rejalarning asosini tashkil etishi va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Urgut EIZ ning muvaffaqiyatli tajribasi Beruniyda ham o‘rganib chiqilishi va amalda qo‘llanilishi, bu tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish, ikki hudud o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va o‘zaro foydali tajriba almashishga xizmat qiladi.

 

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.

en_USEnglish

UFEZ - Join us for a great future!

Connect with us

Privacy Policy / Ufez - free economic zone Uzbekistan © 2017 - 2023 / All Rights Reserved.