”Urgut” EIZ hududida tibbiy preparatlar ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qo‘yildi

”Urgut” EIZ hududida tibbiy preparatlar ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qo‘yildi

Urgut erkin iqtisodiy zonasining G‘ubdin massivi hududida Xitoy davlatining yirik dori vositalari ishlab chiqaruvchisi “Xindeyuan Bioenginering” Co. Ltd korxonasi tomonidan “YANGI OSIYO XALQARO BIOFARMATSEVTIKA” MChJ XK tomonidan “Tibbiy preparatlar ishlab chiqarilish” loyihasini amalga oshirilishiga poydevor qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, korxona rahbariyati va keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Loyiha 20 gektar yer maydoni amalga oshirilayotgan bo’lib kelgusida 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha 2 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jami loyiha qiymati 250,0 mln.AQSh dollarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda, tumanda ishlab chiqarish korxonasi va viloyatlarda plazma markazlari tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda, qo‘shni davlatlarda xam plazma markazlari tashkil etiladi hamda ushbu markazlarda yig‘ilgan xom ashyo tayyor mahsulot xoliga keltirilib, qayta eksportga yo‘naltiriladi.

Loyiha doirasida yiliga 3 ming tonna tibbiy preparatlar ishlab chiqarish, mahsulotning 70 foizini eksportga yo‘naltirish belgilangan. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushgach, yillik eksport quvvati 300 mln dollarni tashkil qiladi.

Shuningdek hozirgi kunda, Urgut EIZ hududida 171 ta umumiy qiymati 1 327,5 mln dollarlik loyihalar joylashtirilgan.

O’tgan 6 oy davomida EIZ ishtirokchi korxonalar tomonidan qiymati 4 200 mlrd so‘mlik tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilib 90,5 mln dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan va 6 521 ta ish o’rinlari yaratilgan.

Shu bilan birgalikda, yangi investitsion loyihalarni joylashtirish maqsadida mavjud 572 gektar bo’sh yer maydonlari 175 lotlarga ajratilib, elektron auksion savdolariga chiqarilgan. Qolaversa, ayni vaqtda qiymati 705 mln dollar bo‘lgan 85 ta investitsion loyihalarda qurilish ishlari olib borilmoqda.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published.

en_USEnglish

UFEZ - Join us for a great future!

Connect with us

Privacy Policy / Ufez - free economic zone Uzbekistan © 2017 - 2023 / All Rights Reserved.