Delegatsiya tarkibi “Yangi tiklanish siyosatini rivojlantirish markazi” DUK, Farovonlik milliy jamg‘armasi hamda Uy-joy qurilishi milliy qo‘mitasi vakillaridan iborat.
Nufuzli mehmonlar tashrifni “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining “Sazag‘on” massividagi korxonalar faoliyatini o‘rganishdan boshladi.
Dastlabki manzil – MIRANKUL CONSTRUCTION MATERIALS LTD korxonasi bo’ldi, bu yerda delegatsiya ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida investitsion hamkorlik va sanoat rivoji bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlik, investitsion loyihalar va turli sohalardagi tajriba almashinuvi masalalari hokama qilindi.
Leave a Reply