Ushbu ulug’ ayyom kunlarida tumanning “Kulollik” mahallasida yashovchi kam taʼminlangan, nogironligi bor, yordamga muhtoj va boquvchisini yoʻqotgan olti nafar oilalarga «Urgut» EIZ Direksiyasi direktori tomonidan 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 2 turdagi uy ro’zg’or buyumlari yashash xonadonlariga yetkazib berildi. Ushbu xayriya tadbirlari davom etmoqda…
Section: News in Urgut
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda
Ushbu ulug’ ayyom kunlarida tumanning “Kulollik” mahallasida yashovchi kam taʼminlangan, nogironligi bor, yordamga muhtoj va boquvchisini yoʻqotgan to’rt nafar oilalarga «Urgut» EIZ Direksiyasi direktori tomonidan 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 2 turdagi uy ro’zg’or buyumlari yashash xonadonlariga yetkazib berildi. Ushbu xayriya tadbirlari davom etmoqda…
Ramazon Hayiti muborak!
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, ahli dindoshlar, sizni, xalqimizni, ummati Muhammadning barchasini muborak Ramazon Hayiti bilan Urgut erkin iqtisodiy zona direksiyasi nomidan chin yurakdan qutlaymiz! Ushbu mukarram kunda bogʻingizga nihol qadab, keyingi Ramazon Hayitigacha undan xirmon-xirmon hosil olish nasib-u roʻz aylasin! Sihat-salomatlik, oilaviy baxt hamda totuvlik sizni tark etmasin!
Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 30-aprel kuni «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida Bosh boshqarmada ham umumxalq xayriya hashari tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. ⚡️Hashar davomida “Urgut” erkin iqtisodiy zona korxonalari sihachi xodimlari tomonidan o’zlariga tegishli bo’lgan hududlari atrofidagi maydonlarni yovvoyi o‘t-cho‘plardan tozalash, manzarali daraxtlarga shakl berish va oqlash,...
Qashqadaryo viloyatning investitsion jozibadorlik darajasini oshirish borasida amaliy ishlar boshlandi
Hurmatli prezidentimizning topshiriqlari ijrosini sifatli va o’z vaqtida ta’minlash, Qashqadaryo viloyatida yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilishda tashabbus ko’rsatish maqsadida «Urgut» EIZ direksiyasi vakillari Kitob tumanida yan bir bor bo’lishda. Tashrif davomida ko’plab istiqbolli loyihalar shakllantirildi, hududni EIZ tarkibiga qo’shib olish borasida qilinadigan ishlar kelishib olindi. Eslatib o’tamiz, «Urgut» EIZning Kitob tumanidagi filiali uchun Toshkent-Surxondaryo...
Bugun – 30-aprel kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 30-aprel kuni «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan. 🔷 Barchani xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz! Hashar davomida mahallalar, aholi turar joylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, moʻtabar maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi.
HURMATLI TADBIRKORLARIMIZ!
«Urgut» EIZ direktsiyasi siz bilan birgalikda yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishga hamisha tayyor! Soliq va bojxona imtiyozlari, qulay geografik joylashuv, kommunikatsiya tarmoqlari, ortiqcha muammolarsiz yer maydonlariga ega bo’lish kabi imkoniyatlar sizni kutmoqda. Murojaat uchun: «Urgut» EIZ direktsiyasi DUK +998 66-483-11-07 Mas’ul shaxslar: Madarov G’. +99898-573-77-64 Yazdanov M. +99897-408-75-78
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining saxovatpesha tadbirkorlari
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining saxovatpesha tadbirkorlari tomonidan tumandagi bir qancha moddiy ahvoli ogʻir, qiynalgan oilalarga begʻaraz moddiy yordam koʻrsatib savob ishga qoʻl urishdi. “Urgut” erkin iqtisodiy zona direksiyasiga tumandagi bir qancha kam taʼminlangan, yordamga muhtoj fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushgan. Ushbu oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, tumanning Bogʻishamol mahallasida yashovchi fuqaro...
«Urgut» EIZning «Kitob» filiali tashkil etildi
Hurmatli Prezidentimizning 2022-yil 21-22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Kitob tumanining M39 avto yo’li yoqasidan 37.4 gektar yer maydonida «Urgut» EIZning «Kitob» filiali tashkil etildi. Ushbu so’lim va bahavo hududda o’z faoliyatini kengaytirmoqchi bo’lgan tadbirkorlarimizni kutib qolamiz. Murojaat uchun: «Urgut» EIZ direktsiyasi DUK +998 66-483-11-07 Mas’ul shaxslar: Madarov G’. Yazdanov M. +99898-573-77-64 +99897-408-75-78
«TEXNOPARK» MChJga sayohat uyushtirildi
«Urgut» erkin iqtisodiy zonasining biznes delegatlari Toshkent shahridagi «TEXNOPARK» MChJ korxonalari bilan tanishdilar. «TEXNOPARK» MChJ sobiq “TAPOICh” hududida 2019-yil 10-iyunda tashkil etilgan. Bugungi kunda, ushbu hududda 14 ta zavod ishga tushirilgan. Sayohat yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini o’rnatish, kooperatsiyani ko’paytirish borasida kelishib oldilar.