“Axmad Isroil Tekstil” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi paypoqlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

“Axmad Isroil Tekstil” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi paypoqlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 110 nafar kishi ish bilan ta’minlagan.

Ta’kidlanishicha, korxonada jahon standartlariga to‘la mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda ishlab chiqarilayotgan paypoqlar ichki bozordan tashqari xorijga eksport qilinmoqda.

Korxona tomonidan og‘irligi 36,8 tonna, qiymati 1,37 million AQSH dollari miqdoridagi tovarlar Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilingan.

Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari mazkur korxonada bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, tadbirkorlar bilan suhbatda “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi va “Eksport uch qadamda” tizimining afzalliklari xususida tushuntirishlar berib o‘tishdi.

Shuningdek, bojxonachilar “Urgut” bojxona punktida tadbirkorlar bilan uchrashib, korxonalarga qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarini o‘z vaqtida undirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

en_USEnglish

UFEZ - Join us for a great future!

Connect with us

Privacy Policy / Ufez - free economic zone Uzbekistan © 2017 - 2023 / All Rights Reserved.