Joriy yilning 24-may kuni Xitoyning Zhejiang provinsiyasi partiya sekretari Janob Qiu Qiwen boshchiligidagi bir guruh rasmiylar viloyat hokimining o’rinbosari J.Xaydarov hamrohligida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari “Kamalak Tekstil” va “Ideal Electronics” MChJ korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi va mehmonlar korxonalar faoliyatiga yuqori baho berishdi.
Shundan so’ng martabali mehmonlar “Minyuan” mehmonxonasining majlislar zalida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hamda “Zhejiang” provinsiyasi o’rtasida manfaatli iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish to’g’risida ikki tomonlama muzokaralar olib borishdi.
Leave a Reply