Avval xabar berganimizdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Jomboy tumani Nazar massivi hududidan umumiy qiymati 250 million dollar bo’lgan, 15 gektar yer maydonda qad rostlab Markaziy Osiyoda yagona boʻlishi kutilayotgan qon preparatlari ishlab chiqariladigan farmatsevtika korxonasi tashkil etilishi to’g’risida xabar bergan edik.
Joriy yilning 10-sentabr kuni “Xindeyuan Bioengineering” kompaniyasi rahbari boshchiligida 13 nafar kompaniya vakillaridan iborat ishchi guruhi Samarqand viloyatida bo’lishdi.
Kompaniya rahbariyati, ishchi guruhi a’zolari “Urgut” EIZ direksiyasi rahbariyati va mutasaddilar bilan birgalikda loyihani “Urgut” EIZning Nazar massivi hududida joylashtirish yuzasidan navbatdagi muzokaralar olib borildi.
Shu bilan birgalikda Kompaniya vakillariga ushbu loyihani joylashtirish uchun “Urgut” EIZning Nazar massivi hududidan 15 gektar yer maydoniga borilib tanlangan yer maydoni ko’rsatildi.
Leave a Reply