Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang provinsiyasidan bir qancha tadbirkorlari Urgut EIZga tashrif buyurdi, mehmonlar Xalq Deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat hokimining oʻrinbosari- “Urgut” EIZ direksiyasi direktori J.Xaydarov bilan erkin iqtisodiy zona hududlarida bir qancha investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha muzokara olib bordilar.
Uchrashuvda yirik korxonasi vakillari Parfumeriya, uskunalar, tekstil va poyabzal mahsulotlar, xo’jalik mahsulotlari sohalarini jadal rivojlantirish shuningdek, infrastruktura obyektlari qurishni rejalashtirilayotganligi va ushbu loyihalarni “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining bir qancha tumanlaridagi hududlarida amalga oshirishi kelishib olindi.
Leave a Reply