“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joriy yilning 9-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joriy yilning 9-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot

2023-yil 1-oktyabr holatida Qiymati 915,8 mln dollarlik 167 ta loyihalar joylashtirilgan, Shundan umumiy qiymati 393,9 mln dollarlik 81 ta loyihalar ishga tushirilgan bo’lib mazkur loyihalar tomonidan 2 711,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib 69,1 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan va 5 739 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan.

Bundan tashqari, 521,9 mln dollarlik 86 ta loyihalarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. 2023-yilda 12 ta loyihalar ishga tushurilishi belgilangan bo’lib ayni vaqtga qadar qiymati 36,9 mln dollarlik 5 ta loyihalar ishga tushurilgan.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining umumiy yer maydoni 1902,5 gektarni tashkil qiladi. Shundan, Samarqand viloyatining xar bir shahar va tumanlaridan 1821,8 ga, Surxondaryo viloyati Denov tumanidan 21,0 ga, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan 37,4 ga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidan 22,3 gektardan iborat.

Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi ajratilgan 1902,5 ga yer maydonining 363.3 gektariga, 164 ta loyiha joylashtirilgan, qolgan bo‘sh turgan 790,1 gektar yer maydonlari jumladan, Urgut tumanida 156,8 ga, Nurobod tumanida 125.0 ga, Samarqand shaxarda 207,6 ga, Bulung‘ur tumanida 13,5 ga, Jomboy tumanida 37.3 ga, Ishtixon tumanida 11,6 ga, Qo‘shrabot tumanida 5,8 ga, Narpay tumanida 5,4 ga, Oqdaryo tumanida 12,4 ga,Payariq tumanida 4.6 ga, Paxtachi tumanida 60,0 ga, Tayloq tumanida 9,3 ga, Denov tumanida 5,2 ga, Kitob tumanida 23.6 ga, Beruniy tumanida 18,7 gektar bo’sh yer maydonlari investitsiya loyihalari joylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan bo’lib, (https://e-auksion.uz) sayti orqali tadbirkorlar elektron onlayn-auksion savdolarida qatnashishi mumkin.

Sizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagi bo’lsa Urgut EIZ direktsiyasiga yoki +998664831107 +998664831108 telefon raqamlariga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.