G’alaba massivida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar manitoring qilindi

G’alaba massivida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar manitoring qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Surxondaryo viloyatining Denov tumani “Qo’zichoq” MFY hududidan 21,0 gektar yer maydonida “Urgut” EIZ filiali tashkil etilgan.
Ushbu hududda ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish maqsadida “Urgut” EIZ direksiyasi va tuman mutasaddilari tomonidan bir qator uchrashuvlar va o’rganishlar olib borildi.
Ushbu hududda 2023-2024-yillarda umumiy qiymati 16 mlrd so’mlik muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash borasida 0,5 km havo tarmog‘i tortish, 1 dona 110 kVt podstansiya qurilishi hamda 6 km masofaga gaz tarmog‘ini qurish uchun loyiha smeta ishlari amalga oshirilayotganligi o‘rganilib, o‘z muddatlarida foydalanishga topshirish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan kelishib olindi.
Ma’lumot o’rnida ushbu hududda qiymati 434,5 mlrd so’mlik 3 ta loyihalar amalga oshirilmoqda

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.