Yuridik shaxslar uchun litsenziya olish

Litsenziyaning umumiy savollarini olish

Oʼzbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʼgʼrisida»gi qonunining 14-moddasida litsenziya olish uchun kerak boʼlgan hujjatlar roʼyxati keltirilgan.

litsenziya berish toʼgʼrisidagi ariza — unda: yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvaragʼi raqami; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning maʼlumotlari; yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni moʼljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi. Litsenziya berish toʼgʼrisidagi arizada litsenziya daʼvogarining elektron manzili koʼrsatilishi mumkin;

litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarining arizasini koʼrib chiqishi uchun litsenziya daʼvogari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yigʼim toʼlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qoʼyiladigan talablar va shartlarni litsenziya daʼvogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qoʼyiladigan boshqa hujjatlar.
Litsenziya daʼvogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʼgʼrisidagi oʼzga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Litsenziya olish uchun zarur boʼlgan hujjatlar litsenziya daʼvogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya daʼvogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish toʼgʼrisidagi arizada litsenziya daʼvogarining elektron manzili koʼrsatilganligi uning arizasi boʼyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʼlgan roziligidir.Urgut

URGUT EIZ

Litsenziya olish uchun tegishli litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar roʼyxat boʼyicha qabul qilinib, roʼyxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana koʼrsatilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).

Notoʼgʼri yoki buzib koʼrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javobgar boʼladi.

Litsenziyalovchi organ faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashi uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda «bir darcha» printsipi boʼyicha amalga oshiriladi, bunda litsenziyalovchi organ mazkur hujjatlarni mustaqil ravishda, tadbirkorlik subʼektining ishtirokisiz oladi.

(14(1)-modda. Faoliyatning ayrim turlarini «bir darcha» printsipi boʼyicha litsenziyalash)

O’zbekiston – katta imkoniyatlar mamlakati

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.