J.Xaydarovning 2023-yil 11-16-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanghai shahri va Zhejiang viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha

J.Xaydarovning 2023-yil 11-16-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanghai shahri va Zhejiang viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xaydarov boshchiligida Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari hokimlari va tadbirkorlardan iborat 20 nafardan iborat delegatsiya a’zolari bilan birgalikda Shanghai shahri va Zhejiang viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrifning Birinchi kunida Samarqand viloyati va Shanxay tadbirkorlari o‘rtasida biznes forum va ikki tomonlama biznes vakillari bilan birgalikda B2B formatda muzokaralar o‘tkazildi.

Ikkinchi kunda Shanxay shahri va uning atrofidagi viloyatlardan taklif etilgan tadbirkorlar bilan B2B formatida korxonalarimiz bilan uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchinchi kunda Shanxay shahridagi Yevropa-Amerika savdo palatasi vakillari bilan birgalikda Baoshan industrial zonasi va 3 ta ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi va Baoshan industrial zonasi bosh binosida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.

To‘rtinchi kunda Zhejiang provinsiyasi Iu shahridagi Iu Katta import-eksport bozori va Iu tadbirkorlar uyushmasi rasmiylari hamda tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Beshinchi kunda Zhejiang Hengyuan Chemical Fiber Group Co., LTD korxonasi hududida Samarqand viloyati va Xanchjou shahri tadbirkorlari o‘rtasida biznes forum bo‘lib o‘tdi, Kunning ikkinchi yarmida jamoa a’zolari Hanghzou shahrida joylashgan elektro dvigatellar ishlab chiqaruvchi Hanghzou Jei Drive Technology CO,LTD, metal konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi Southeast Space Frame korxonalari hamda Alibaba Group korporatsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Xitoy davlatiga tashrif davomida Umumiy qiymati 3 221,4 mln. AQSH dollarlik 178 ta loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.