Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig’i bo’yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig’i bo’yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi

“O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi Qonun (O’RQ–783-son, 12.07.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰Kiritilgan qo’shimchalar bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig’i bo’yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. Unga ko’ra, imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab:

🔹3 mln AQSH dollaridan – 5 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 3 yil;
🔹5 mln AQSH dollaridan – 15 mln AQSH dollarigacha investitsiya uchun – 5 yil;
🔹15 mln AQSH dollari va undan ko’p investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda solig’idan ozod qilinadi.

🗓 Mazkur muddatlar ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Оставить комментарий

Ваш email адрес никто не увидит.

ru_RURussian

UFEZ — С нами на встречу к великому будущему !

Связаться с нами

Политика конфиденциальности / Ufez – free economic zone Uzbekistan © 2017 – 2023 / All Rights Reserved.