Imtiyoz asosida ish boshlash niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

Imtiyoz asosida ish boshlash niyatidagi tadbirkorlar diqqatiga!

 

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan.

“Urgut” EIZda qiymati 1 172,8 million dollarlik 161 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularda 11875 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga umumiy qiymati 599,3 million dollarlik 85 ta loyiha ishga tushirilgan, 6386 ta yangi ish o‘rni yaratildi hamda ushbu korxonalar tomonidan 3833 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 87 million AQSH dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.

EIZ ishtirokchilari qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

Soliq imtiyozlari (kiritilgan investitsiya hajmiga qarab)

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3-yil muddatga;

3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha — 5-yil muddatga;

5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 7-yil muddatga;

10 million AQSH dollari va undan ortiq miqdorda – 10-yil muddatga;

foyda solig‘i to‘lovlaridan esa;

3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda — 3-yil muddatga;

5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda — 5-yil muddatga;

15 million AQSH dollari va undan ortiq miqdorda – 10-yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

Bojxona imtiyozlari;

maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari investitsiya loyihasi doirasida o‘z faoliyati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va respublika hududiga olib kirilayotgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi.

Respublikada analogi ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarni tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha olib kirishda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tovarlarni import qilishda 120 kungacha bo‘lgan muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini kechiktirish huquqiga ega.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ayrim soliqlar, shuningdek bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari Soliq kodeksi, qonunlar va Prezidentimizning qarorlarida o‘z aksini topgan.

Siz ham bunday imtiyozlardan foydalanishni istasangiz “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi Sizlardan viloyatimizning Samarqand shahri, Urgut, Past Darg‘om, Nurobod, Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Qo‘shrobot, Narpay, Oqdaryo, Payariq, Paxtachi, Toyloq tumanlaridagi mavjud 585,8 gektar bo‘sh yer maydonlarida o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni amalga oshirishingiz tarafdori.

Sizga quyidagi jadval bilan EIZning tumanlar massivlaridagi mavjud 574,15 gektar bo‘sh yer maydonlari hududlar kesimida taklif etiladi.

Shahar va tuman nomi Massiv nomi Bo‘sh yer mаydoni (gа)

1

 

Urgut tumani “Sаriqtepа” 53,34
“O‘rаmаs” 10,40
“Tinchlik” 14,71
“Sаriqtepа-1” 10,99
“Sаriqtepа-2” 69,19
2 Pastdarg‘om tumani “Do‘stlik-1” 1,75
3 Nurobod tumani “Sаzаg‘аn” 126,00
4 Samarqand shahar “Xishrаv-2” 153,60
5 Jomboy tuman “Nаzаr” 32,80
6 Ishtixon tuman “Ko‘tаrmа” 12,60
7 Qo‘shrabot tuman “Chorloq” 5,80
8 Narpay tuman “Tepа” 1,85
9 Oqdaryo tuman “Chorbog‘-2” 2,50
“Daxbed” 7,40
10 Paxtachi tuman “Naxripay” 60,00
11 Toyloq tuman “Xo‘jaqishloq”

10,30

“Urgut” EIZda faoliyat yuritish istagida bo‘lgan tadbirkorlar import o‘rnini bosuvchi va eksportbop sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishi lozim.

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-dekabrdan maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish belgilangan. Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ular bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim va ijara shartnomalarini tuzish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat xizmatlari markazlari yoki maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

“Urgut ” EIZda yangi investitsiya loyihalaringizni joylashtirishingizda biz sizga ko‘maklashamiz.

Biz bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

+998664831107

+998974087578

Elektron pochta manzilimiz: office@ufez.uz

“Urgut” EIZ direksiyasi manzili: Urgut Shahri Navoiy shoh ko‘chasi 104 uy.

Hurmatli tadbirkorlar! Imkoniyatdan foydalaning va o‘z biznesingizni rivojlantiring!

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi.

Оставить комментарий

Ваш email адрес никто не увидит.

ru_RURussian

UFEZ — С нами на встречу к великому будущему !

Связаться с нами

Политика конфиденциальности / Ufez – free economic zone Uzbekistan © 2017 – 2023 / All Rights Reserved.