Imtiyozlar va preferensiyalar

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining qatnashchilari quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:

mol-mulk soligʻi 50%;
yer soligʻi;
suv resurslaridan foydalanish soligʻi.
Shuningdek “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining qatnashchilari quyidagi bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi:

Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlarini (bundan qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno);
tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha texnologik uskunalarning oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona toʻlovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno).
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona toʻlovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno) toʻlanmaydi.
Belgilab qoʻyilsinki, yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, shu jumladan quyidagilarga teng miqdorda 3 yildan 10 yilgacha muddatda beriladi:

300 ming AQSH dollaridan 3 mln. AQSH dollarigacha — 3 yilgacha muddatga
3 mln. AQSH dollaridan 5 mln. AQSH dollarigacha — 5 yilgacha muddatga;
5 mln. AQSH dollaridan 10 mln. AQSH dollarigacha — 7 yilgacha muddatga;
10 mln. AQSH dollaridan ortiq — 10 yilgacha muddatga.

ru_RURussian

UFEZ — С нами на встречу к великому будущему !

Связаться с нами

Политика конфиденциальности / Ufez – free economic zone Uzbekistan © 2017 – 2023 / All Rights Reserved.