Ayni kunlarda oʻz ishini boshlagan «Zuchex-2023» 33-uy-roʻzgʻor buyumlari, suvenirlar va maishiy texnika mahsulotlari xalqaro koʻrgazmasida «Oʻzeltexsanoat» uyushmasiga aʼzo «Ideal Elektrolyuks» korxonasi ham maishiy texnika mahsulotlari toʻplami bilan ishtirok etmoqda.
Ko’rgazma birinchi marta 1997-yilda bo’lib o’tgan. O‘shandan buyon mehmonlar va xorijiy kompaniyalar vakillari uchun Turkiya ta’minot bozori bilan tanishish, shuningdek, savdo aloqalarini kengaytirish uchun imkoniyat maydoni hisoblanadi.
«Zuchex» ko’rgazmasi mavzular koʻlami kengligi bo’yicha dunyodagi to’rtinchi yirik tadbirdir.
Istanbuldagi «Zuchex» ko’rgazmasi eng muhim voqea bo’lib, unda 600 ga yaqin kompaniyalar 6500 dan ortiq mahsulotlar jamlanmasini oʻz ichiga oladi. Har yili koʻrgazmaga qariyb 32000 nafardan ortiq ishtirokchi tashrif buyuradi.
Leave a Reply