Qozog‘iston Elchisi Beybut Atamkulovning Samarqand viloyatiga Tashrifi

Qozog‘iston Elchisi Beybut Atamkulovning Samarqand viloyatiga Tashrifi

Joriy yilning 8-10-oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Elchi Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “MIRANKUL CONSTRUCTION MATERIALS LTD” MCHJ, “SCHELKOVO AGROHIM-O‘ZBEKISTON” qo‘shma korxonalari va shuningdek, “TESPACK INVESTMENT” MCHJ va “OIL EXTRACTION” qo‘shma korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif chog‘ida viloyat hokimligi va Urgut EIZ rahbariyati mehmonlarga hamrohlik qildi. Mehmonlar korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va innovatsion texnologiyalarning joriy qilinganligi bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu tashrif Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.