Bojxona imtiyozlari asosida import qilinadigan tovarlar ro’yxati «Markaz» DUK tomonidan ekspertiza qilish tartibi bekor qilinib, endilikda xom-ashyo importida «yagona darcha» tamoyili asosida EIZ direktsiyalariga murojaat etiladi.
Shundan kelib chiqgan holda, tadbirkorlarimizdan amaldagi TIA ma’lumotlarini, ayniqsa xom-ashyo sarfi normalarini real ishlab chiqarish ma’lumotlari bilan muvofiqligini tekshirib olishlarini va yangilangan ma’lumotlarni EIZ direktsiyasiga 10 kun muddatda taqdim etishlarini so’rab qolamiz!
Eslatma: xom-ashyolar importida keltirilgan jadvallarda aks ettirilmagan yoki TIAda ko’rsatilmagan mahsulotlarga xulosalar taqdim etilmaydi. Qolaversa, TIAni o’z vaqtida taqdim etmaslik, mahsulotlar importida turli qiyinchiliklarga olib kelishi haqida ogohlantiramiz.
Оставить комментарий