Рубрика: Новое в Ургут

Главная / Новое в Ургут
Eron Islom Respublikasi Guliston viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari A. Shomali boshchiligidagi delegatsiya “Urgut”erkin iqtisodiy zonasidagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurdi.
Запись

Tashrif davomida mehmonlar “Urgut” EIZning Sariqtepa massividagi “SAM ELEKTRO SERVIS”MCHJ va “YEC GILAM”MCHJ korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga “Urgut” EIZ va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, kelgusida hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida “Pastdarg’om” maxsus sanoat zonasi tashkil etildi.
Запись

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida “Pastdarg’om” maxsus sanoat zonasi tashkil etildi.

Ushbu loyiha hududda investitsiya muhitini yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Agar siz “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasida biznes yuritish, investitsiya kiritish yoki boshqaruv kompaniyasi sifatida faoliyat yuritishni istasangiz,”Urgut”EIZ bilan hamkorlikga taklif etamiz.

Urgut” erkin iqtisodiy zonasi haqida rasmiy maqola e’lon qilindi
Запись

Urgut” erkin iqtisodiy zonasi haqida rasmiy maqola e’lon qilindi

“O’zbekiston Bunyodkori” gazetasining navbatdagi sonida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati yoritildi. Maqolada hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sanoat korxonalarining iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Urgut EIZ – mamlakatimiz sanoati rivojida muhim o‘rin tutib, investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Samarqand viloyatiga Mo‘g‘uliston Bosh vazirining katta maslahatchisi D. Amgalanbaatar (vazir darajasida) boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.
Запись

Samarqand viloyatiga Mo‘g‘uliston Bosh vazirining katta maslahatchisi D. Amgalanbaatar (vazir darajasida) boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibi “Yangi tiklanish siyosatini rivojlantirish markazi” DUK, Farovonlik milliy jamg‘armasi hamda Uy-joy qurilishi milliy qo‘mitasi vakillaridan iborat. Nufuzli mehmonlar tashrifni “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining “Sazag‘on” massividagi korxonalar faoliyatini o‘rganishdan boshladi. Dastlabki manzil – MIRANKUL CONSTRUCTION MATERIALS LTD korxonasi bo’ldi, bu yerda delegatsiya ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida investitsion hamkorlik va sanoat...

Bugun Urgut tuman Xalq qabulxonasida viloyat hokimining o‘rinbosari, “Urgut” EIZ direksiyasi rahbari J. Haydarov, tuman hokimi B. Jabborov, sektor rahbarlari hamda EIZ ishtirokchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirda eksport majburiyatlari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erisha olmagan korxonalar faoliyati tahlil qilinib, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish choralari muhokama qilindi. Bundan tashqari, korxonalar faoliyatida yuzaga kelgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Urgut tumanida tadbirkorlar muammolarini hal qilishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Запись

Urgut tumanida tadbirkorlar muammolarini hal qilishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

Viloyat hokimi A. Boboyev rahbarligida 2024-yil 24-dekabrda o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi, Kichik sanoat zonasi va Yoshlar sanoat zonalaridagi loyihalar holati tahlil qilindi. Uchrashuvda ishlab chiqarish hajmi kamaygan, eksport amalga oshirilmagan hamda qurilishi to‘xtab qolgan loyihalar yuzasidan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shu munosabat bilan, bugun Urgut tumani hokimi B. Jabborov, “Urgut”...

Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, “Urgut” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi direktori Jamshid Haydarov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Zhejiang provinsiyasidagi yetakchi sanoat korxonalari va iqtisodiy zonalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, xitoylik investorlarga Samarqand viloyatida amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tadbirkorlari uchun Xitoy bilan hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnalogiyalardan foydalangan holda hamkorlikda qo’shma korxonalar ochish istiqbollari...

“Sankt-Peterburg” MIZ bosh direktori T.V. Rondalyova boshchiligidagi delegatsiya  Urgut erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida Urgut EIZga tashrif buyurdi
Запись

“Sankt-Peterburg” MIZ bosh direktori T.V. Rondalyova boshchiligidagi delegatsiya Urgut erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida Urgut EIZga tashrif buyurdi

Delegatsiya a’zolariga viloyat hokimining o’rinbosari J.Haydarov hamrohlik qildi. Mehmonlar dastlab hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati va korxonalarning texnologik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar Urgut EIZning yuqori salohiyatini e’tirof etib, istiqbolda Sankt-Peterburg va Urgut o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini bildirishmoqda. Tashrifning asosiy maqsadi innovatsion va...

ru_RURussian

UFEZ — С нами на встречу к великому будущему !

Связаться с нами

Политика конфиденциальности / Ufez – free economic zone Uzbekistan © 2017 – 2023 / All Rights Reserved.