Muzokaralar chog‘ida qurilish sohasi va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashabbus viloyatimizning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi va yangi ish o’rinlarini yaratishda, eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Author: Editor_Mirjakhon (Editor_Mirjakhon )
Hukumatimiz tomonidan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Sariqtepa massivida qurilayotgan quvvati 220/110/10 kV bo‘lgan podstansiya yakunlanish bosqichida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-sonli qaror asosida «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Sariqtepa massivida qurilayotgan quvvati 220/110/10 kV bo‘lgan podstansiya yakunlanish bosqichida Mazkur podstansiya nafaqat «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi hududidagi ishlab chiqarish korxonalarini, balki tuman aholisini ham uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash...
Eron Islom Respublikasi Guliston viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari A. Shomali boshchiligidagi delegatsiya «Urgut»erkin iqtisodiy zonasidagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar «Urgut» EIZning Sariqtepa massividagi «SAM ELEKTRO SERVIS»MCHJ va «YEC GILAM»MCHJ korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga «Urgut» EIZ va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, kelgusida hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida «Pastdarg’om» maxsus sanoat zonasi tashkil etildi.
Ushbu loyiha hududda investitsiya muhitini yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Agar siz “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasida biznes yuritish, investitsiya kiritish yoki boshqaruv kompaniyasi sifatida faoliyat yuritishni istasangiz,»Urgut»EIZ bilan hamkorlikga taklif etamiz.
Urgut» erkin iqtisodiy zonasi haqida rasmiy maqola e’lon qilindi
«O’zbekiston Bunyodkori» gazetasining navbatdagi sonida «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi faoliyati yoritildi. Maqolada hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda sanoat korxonalarining iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Urgut EIZ – mamlakatimiz sanoati rivojida muhim o‘rin tutib, investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Samarqand viloyatiga Mo‘g‘uliston Bosh vazirining katta maslahatchisi D. Amgalanbaatar (vazir darajasida) boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibi “Yangi tiklanish siyosatini rivojlantirish markazi” DUK, Farovonlik milliy jamg‘armasi hamda Uy-joy qurilishi milliy qo‘mitasi vakillaridan iborat. Nufuzli mehmonlar tashrifni «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining «Sazag‘on» massividagi korxonalar faoliyatini o‘rganishdan boshladi. Dastlabki manzil – MIRANKUL CONSTRUCTION MATERIALS LTD korxonasi bo’ldi, bu yerda delegatsiya ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida investitsion hamkorlik va sanoat...
Bugun Urgut tuman Xalq qabulxonasida viloyat hokimining o‘rinbosari, “Urgut” EIZ direksiyasi rahbari J. Haydarov, tuman hokimi B. Jabborov, sektor rahbarlari hamda EIZ ishtirokchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbirda eksport majburiyatlari bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga erisha olmagan korxonalar faoliyati tahlil qilinib, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish choralari muhokama qilindi. Bundan tashqari, korxonalar faoliyatida yuzaga kelgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjaev «Urgut»erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishdi
Tashrif davomida Jamshid Xodjaev «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda bo’lib, ularni iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, yangi loyihalarni jalb qilish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Urgut tumanida tadbirkorlar muammolarini hal qilishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Viloyat hokimi A. Boboyev rahbarligida 2024-yil 24-dekabrda o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi, Kichik sanoat zonasi va Yoshlar sanoat zonalaridagi loyihalar holati tahlil qilindi. Uchrashuvda ishlab chiqarish hajmi kamaygan, eksport amalga oshirilmagan hamda qurilishi to‘xtab qolgan loyihalar yuzasidan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shu munosabat bilan, bugun Urgut tumani hokimi B. Jabborov, “Urgut”...
Ayni kunlarda, Xitoyning Ningbo shahri ishbilarmonlari bilan Jamshid Haydarov rahbarligidagi delegatsiya biznes uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, texnologik aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Tadbir yakunida, kelgusidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida bir qator hujjatlar imzolandi.