«Sam Elektro Servis» korxonasi tomonidan bugun maishiy texnikalar ishlab chiqarish tarmogʻi kengayib, yangi quvvatlar yaratilmoqda. “IDEAL” brendi ostida milliy mahsulotlarimiz nafaqat mahalliy, balki xorijlik xaridorlarning ham ishonchiga kirmoqda.
📝Bu yerda umumiy qiymati 3,5 mln.dollar boʻlgan changyutgichlar yangi ishlab chiqarish loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Yillik quvvati 150 ming dona boʻlgan ushbu loyiha hududdagi 60 nafar yigit-qizlarni oʻz bagʻriga oldi.
!!!Eng e’tiborlisi, Davlatimiz rahbarining ushbu korxonaga tashrifi chogʻida bergan koʻrsatma va topshiriqlar bugun amaliyotda oʻz natijasini koʻrsatdi.
– Biz Prezidentimizga ilk mahsulotimizni xorijga eksport qilish boʻyicha va’da bergan edik. Nazarimda, biz bu ishonchni oqladik. Hozirda dastlabki mahsulotlarimizni Qirgʻiziston Respublikasiga eksportga yuboryapmiz, – deydi «Sam Elektro Servis» MCHJ ta’sischisi Sohib Azimov.
Leave a Reply