Ob-havoning keskin oʻzgarishi tufayli kommunal sohalarda koʻplab muammolar yuzaga kelishini inobatga olib, qish mavsumini betalofat oʻtkazish hamda vujudga kelgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Urgut tumani hokimligida uzluksiz kunu-tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. РУ
Bugun, Urgut tumani markaziy shtabida, Viloyat hokimining oʻrinbosari J.Haydarov hamda tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman prokuraturasi va Urgut tumani DXX rahbari boshchiligida mazkur SHTAB a’zolari bilan suhbat olib borilib, ularning har biriga hududlarda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Leave a Reply