Oqdaryo tumani mutasaddilari Urgut erkin iqtisodiy zona direksiyasida boʻlishdi

Oqdaryo tumani mutasaddilari Urgut erkin iqtisodiy zona direksiyasida boʻlishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan viloyatimizning 14 ta tuman (shaharlari)da “Urgut” EIZning filiallari tashkil etilangan.

Shu munosabat bilan Urgut erkin iqtisodiy zonasining Oqdaryo tumanidagi “Chorbog” va “Dahbed” massivlariga investitsiya loyihalarni joylashtirish maqsadida Oqdaryo tumani hokimligi vakillari va bir guruh tadbirkorlar Urgut EIZ direksiyasida boʻlishdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning bir necha istiqbolli loyihalarini mazkur hududda joylashtirish muhokama qilinib, “Urgut” EIZning Oqdaryo tumani filialida amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erishildi va tuman hokimligi vakillari bilan kelajakda ushbu kabi koʻplab loyihalarni shakllantirish belgilab olindi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram (https://t.me/ufez_uz) | Instagram (https://www.instagram.com/fezurgut) | Facebook (https://www.facebook.com/UFEZ.UZ/)

error: ddos attack protected !!