Bulung‘ur tumanida sanoat korxonalarning ishlab chiqarish hajmini kamaytirish sabablarini o’rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish yuzasidan tahliliy muhokama o’tkazildi

Bulung‘ur tumanida sanoat korxonalarning ishlab chiqarish hajmini kamaytirish sabablarini o’rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish yuzasidan tahliliy muhokama o’tkazildi
Bugun Bulung‘ur tumani hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi o’rinbosari J.Xaydarov rahbarligida investitsiyalar va sanoat sohasida yanvar-iyul oylarida korxonalarning ishlab chiqarish va eksport hajmlariini kamaytirish sabablarini o’rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish yuzasidan tahliliy muhokama o’tkazildi.
Jamshid Xaydarov raisligida o‘tkazilgan muhokamada tuman hokimi S.Astonov, tuman hokimi o’rinbosarlari, tegishli korxona tashkilot rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Yig’ilishda loyihalarni ishga turishi ahvoli, yangi eksportyor korxonalarni jalb qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, Kichik sanoat zonalari hamda Erkin iqtisodiy sanoat zonalarida loyihalarni amalga oshirilishi yuzasidan soha mas’ullarining hisobotlari tinglanib, mavjud muammo va kamchiliklarni barataraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so’ng, Urgut EIZning “G‘ubdin” massivi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar ko’zdan kechirildi va hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaratish bo‘yicha qilinadigan ishlar muhokama qilinib, tegishli tarmoq korxonalariga ko‘rsatmalar berildi.
Kunning ikkinchi yarmida Jomboy tuman hokimligi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoq korxonalari rahbarlari ishtirokida Jomboy tuman “Nazar” massivida joylashtirilgan loyihalarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash maqsadida, qurilish ishlari boshlangan avtomobil yo‘llari, tabiiy gaz tarmog‘i, oqova suv tarmog‘i va havo tarmog‘i hamda podstansiya qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganilib, mazkur obe’ktlar qurilish-montaj ishlarini o‘z muddatlarida sifatli bajarib, foydalanishga topshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.