“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining saxovatpesha tadbirkorlari

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining saxovatpesha tadbirkorlari


Muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining saxovatpesha tadbirkorlari tomonidan tumandagi bir qancha moddiy ahvoli ogʻir, qiynalgan oilalarga begʻaraz moddiy yordam koʻrsatib savob ishga qoʻl urishdi.

“Urgut” erkin iqtisodiy zona direksiyasiga tumandagi bir qancha kam taʼminlangan, yordamga muhtoj fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, tumanning Bogʻishamol mahallasida yashovchi fuqaro Z.Turayeva yangi sotib olgan uyining toʻlayolmayotgan qismini toʻlab berishni soʻrab qilgan murojaati yuzasidan EIZ ishtirokchisi “MODERN UZBEK TEXTILE” MCHJ korxonasi rahbariyati tashabbusi bilan ushbu fuqaroga naqt pul shaklida 4 500 000 ming soʻm pul mablagʻi berildi.

Yana bir Doʻstlik mahallasida yashovchi fuqaro S.Ismoilova uyini atrofini devor qilib berishni soʻrab qilgan murojaati boʻyicha “ROYAL ALYUMINIUM” MCHJ korxona taʼsischisi homiylik qilish tashabbusi bilan chiqib ushbu fuqaroga pul mablagʻi berilib murojaati ijobiy hal etildi.

Shuningdek, “URGUT KOʻRKAM TEKSTIL” MCHJ korxonasi taʼsischisi tomonidan ham moddiy yordamga oʻz hissasini qoʻshgan holda Mergancha mahallasida joylashgan koʻp qavatli uyda yashovchi fuqaro N.Tugalovaning bir oylik ipoteka kredit mablagʻi toʻlab berildi.

Bundan tashqari, “Urgut” EIZ Direksiyasi direktori tomonidan tumanning Soygʻoʻs mahallasida yashovchi fuqaro G.Sayfullayevaning murojaati yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlari yashash xonadoniga yetkazib berildi.

Shunday ulugʻ ayyom kunlarida ehtiyojmandlarga yordam qoʻlini choʻzayotgan saxovatpesha tadbirkorlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.