“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joriy yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida joriy yilning 6-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot

2024-yil 1-iyul holatida Qiymati 1327,5 mln dollarlik 171 ta loyihalar joylashtirilgan, Shundan umumiy qiymati 622,0 mln dollarlik 86 ta loyihalar ishga tushirilgan bo’lib mazkur loyihalar tomonidan 2 083,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib 64,1 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan va 6521 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan.

 

Bundan tashqari, 705 mln dollarlik 85 ta loyihalarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. 2024-yilda 10 ta loyihalar ishga tushurilishi belgilangan bo’lib ayni vaqtga qadar qiymati 5,72 mln dollarlik 3 ta loyihalar ishga tushurilib 208 nafar ish o’rni yaratilgan.

 

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining umumiy yer maydoni 1619,1 gektarni tashkil qiladi. Shundan, Samarqand viloyatining xar bir shahar va tumanlaridan 1559.4 ga, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan 37,4 ga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidan 22,3 gektardan iborat.

 

Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga ajratilgan 1619,1 ga yer maydonining 472,8 gektariga, 171 ta loyiha joylashtirilgan, qolgan bo‘sh turgan 614,2 gektar bo’sh yerning 607,8 gektar yer maydonlari investitsiya loyihalari joylashtirish uchun 199 lotga ajratilib elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan bo’lib, (https://e-auksion.uz) sayti orqali tadbirkorlar elektron onlayn-auksion savdolarida qatnashishi mumkin.

 

Sizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagi bo’lsa Urgut EIZ direktsiyasiga yoki +998664831107 +998664831108 telefon raqamlariga murojaat qilishlaringiz mumkin.

 

Оставить комментарий

Ваш email адрес никто не увидит.

ru_RURussian

UFEZ — С нами на встречу к великому будущему !

Связаться с нами

Политика конфиденциальности / Ufez – free economic zone Uzbekistan © 2017 – 2023 / All Rights Reserved.