Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Urgut tumanidagi 154-umumta’lim maktabida nuroniylar, xalq ta’limi a’lochilari, pedagoglar va saylovchilar bilan uchrashdi.
Dastlab ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning hayoti, mehnat faoliyati, beshta ustuvor maqsadni qamrab olgan saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.
-Kelajagimiz davomchisi boʻlgan yoshlarni, oʻgʻil-qizlarimizni ilmli qilish, xorij davlatlari oliygohlarida oʻqishlariga jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak ,- dedi ma’ruzasi davomida ishonchli vakil Rustam Xolmurodov. – Yaxshi mutaxassis kamida 50-60-yil davlatga va xalqqa xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida ishonchli vakil barchani xalqimiz farovonligi yoʻlida tinmay izlanayotgan, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga oʻz hayotini bagʻishlagan fidoyi inson Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.
Оставить комментарий