O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-sonli qaror asosida «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Sariqtepa massivida qurilayotgan quvvati 220/110/10 kV bo‘lgan podstansiya yakunlanish bosqichida
Mazkur podstansiya nafaqat «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi hududidagi ishlab chiqarish korxonalarini, balki tuman aholisini ham uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega. Qurilish ishlari Sariqtepa massividagi 7,5 gektar maydonda olib borilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 25,5 million AQSh dollarini tashkil etib, O‘zbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda moliyalashtirilmoqda.
Loyihadan kutilayotgan natijalar:
Mazkur podstansiya va unga bog‘liq elektr tarmoqlari orqali «Urgut» EIZ va atrof hududlardagi korxonalar hamda aholi uchun barqaror elektr ta’minoti yaratiladi. Jumladan, «Urgut» EIZning «Mergancha» va «Sariqtepa» massivlarida joylashgan ishlab chiqarish korxonalariga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib beriladi. «Mergancha» massivida quvvati 2 ta 40 MVt bo‘lgan «Urgut-2» podstansiyasi, «Sariqtepa» massivida esa 2 ta 16 MVt va 1 ta 16 MVtli podstansiyalar orqali energiya ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi.
Urgut tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari orqali Jomboy tumani «Nazar» massivida qurilayotgan 2 ta 25 MVtli podstansiyalarni elektr bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi natijada 139 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, bu esa 5 656,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, 84,8 million AQSh dollarilik mahsulot eksport qilish va 9 586 yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.
Mazkur loyiha «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi infratuzilmasini yanada takomillashtirish va hududdagi sanoat ishlab chiqarish jarayonlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, energetika tizimidagi islohotlar doirasida aholini va tadbirkorlik subyektlarini ishonchli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadlari yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
Оставить комментарий