Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 110 nafar kishi ish bilan ta’minlagan.
Ta’kidlanishicha, korxonada jahon standartlariga to‘la mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda ishlab chiqarilayotgan paypoqlar ichki bozordan tashqari xorijga eksport qilinmoqda.
Korxona tomonidan og‘irligi 36,8 tonna, qiymati 1,37 million AQSH dollari miqdoridagi tovarlar Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilingan.
Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari mazkur korxonada bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, tadbirkorlar bilan suhbatda “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi va “Eksport uch qadamda” tizimining afzalliklari xususida tushuntirishlar berib o‘tishdi.
Shuningdek, bojxonachilar “Urgut” bojxona punktida tadbirkorlar bilan uchrashib, korxonalarga qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarini o‘z vaqtida undirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Оставить комментарий