Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Zhejiang provinsiyasidagi yetakchi sanoat korxonalari va iqtisodiy zonalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, xitoylik investorlarga Samarqand viloyatida amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tadbirkorlari uchun Xitoy bilan hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnalogiyalardan foydalangan holda hamkorlikda qo’shma korxonalar ochish istiqbollari ham muhokama qilinmoqda.
Ushbu tashriflar va muzokaralar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi biznes imkoniyatlarini yaratishdagi ahamiyatini yanada oshiradi.
Оставить комментарий