Рубрика: Новое в Ургут
-
Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlar ishtirokidagi tashrif davomida delegatsiyaning keyingi yo‘nalishi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Sazag‘on massivi bo‘ldi.
Tashrif hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqindan tanishishdan boshlandi. Uchrashuvlarning ilk manzili sifatida “SCHELKOVO AGROHIM–O‘ZBEKISTON” MCHJ QK tanlandi. Mazkur korxona o‘simliklarni himoya qilishga mo‘ljallangan kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida muhim o‘rin egallaydi. Mahsulotlari ichki bozor bilan bir qatorda xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Tashrif doirasida mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish…
-
Xitoy delegatsiyasining IKKINCHI O’ZBEKISTON — XITOY HUDUDLARARO FORUMI doirasida bir guruh tadbirkorlar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Sariqtepa massivida joylashgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonlar «Sam Elektro Servis» va «YEC Gilam» MCHJlarda bo‘lib, ishlab chiqarish texnologiyalari, mahsulot turlari hamda investitsiya salohiyati bo‘yicha ma’lumotlar oldilar. Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi sanoat loyihalarini muhokama qilish uchun muhim zamin yaratmoqda
-
Forum davomida navbatdagi uchrashuv Shaanxi provinsiyasi gubernatori janob Zhao Gan bilan o‘tkazildi.
Viloyat hokimi va janob Zhao Gan Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyatidan yanada samarali foydalanish, eksport hajmini oshirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Ushbu uchrashuv ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va yangi investitsion loyihalarni ilgari surishga xizmat qilishi kutilmoqda.
-
Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumi doirasida Shandong provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari janob Song Junji bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi va hokim o‘rinbosarlari ham ishtirok etib, Shandong provinsiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
-
Ayni damda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ruh va polimer bilan qoplangan metall ishlab chiqarish zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi A. Boboyev hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha viloyat sanoati va eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xalqaro bozorga raqobatbardosh mahsulot yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, «Urgut» EIZ Direksiyasi direktori J.Xaydarov Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida «Urgut» EIZ hududida qurilish materiallari ishlab chiqarish va yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi qulay investitsiya muhiti xorijiy investorlarning e’tiborini tortib, iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilishiga ishonamiz.
-
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, Urgut EIZ Direksiyasi direktori J.Xaydarov Xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida qurilish sohasi va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashabbus viloyatimizning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi va yangi ish o’rinlarini yaratishda, eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Hukumatimiz tomonidan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Sariqtepa massivida qurilayotgan quvvati 220/110/10 kV bo‘lgan podstansiya yakunlanish bosqichida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-sonli qaror asosida «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Sariqtepa massivida qurilayotgan quvvati 220/110/10 kV bo‘lgan podstansiya yakunlanish bosqichida Mazkur podstansiya nafaqat «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi hududidagi ishlab chiqarish korxonalarini, balki tuman aholisini ham uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash…
-
Eron Islom Respublikasi Guliston viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari A. Shomali boshchiligidagi delegatsiya «Urgut»erkin iqtisodiy zonasidagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar «Urgut» EIZning Sariqtepa massividagi «SAM ELEKTRO SERVIS»MCHJ va «YEC GILAM»MCHJ korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga «Urgut» EIZ va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, kelgusida hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanida «Pastdarg’om» maxsus sanoat zonasi tashkil etildi.
Ushbu loyiha hududda investitsiya muhitini yanada rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Agar siz “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasida biznes yuritish, investitsiya kiritish yoki boshqaruv kompaniyasi sifatida faoliyat yuritishni istasangiz,»Urgut»EIZ bilan hamkorlikga taklif etamiz.