Рубрика: Новое в Ургут

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyun sanasida PF-153-sonli farmoni e’lon qilingan bo’lib, unga ko’ra endilikda:
Запись

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyun sanasida PF-153-sonli farmoni e’lon qilingan bo’lib, unga ko’ra endilikda:

Bojxona imtiyozlari asosida import qilinadigan tovarlar ro’yxati “Markaz” DUK tomonidan ekspertiza qilish tartibi bekor qilinib, endilikda xom-ashyo importida “yagona darcha” tamoyili asosida EIZ direktsiyalariga murojaat etiladi. Shundan kelib chiqgan holda, tadbirkorlarimizdan amaldagi TIA ma’lumotlarini, ayniqsa xom-ashyo sarfi normalarini real ishlab chiqarish ma’lumotlari bilan muvofiqligini tekshirib olishlarini va yangilangan ma’lumotlarni EIZ direktsiyasiga 10 kun muddatda taqdim...

Farmon
Запись

Farmon

Joriy yilning 13-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonga ko’ra endilikda: 1. Ma’muriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari EIZ direksiyalariga berilmoqda. 2. Investitsion loyihalarni ekspertizadan o’tkazishda “Markaz” DUKning xulosasini olish tartibi bekor bo’lib, ushbu vakolat EIZ direksiyalariga berilmoqda. 3....

Ayni kunlarda Istanbuldagi Tuyap yarmarka va kongress markazida  Xalqaro ITM 2022 yarmarkasi bo’lib o’tmoqda
Запись

Ayni kunlarda Istanbuldagi Tuyap yarmarka va kongress markazida Xalqaro ITM 2022 yarmarkasi bo’lib o’tmoqda

Ko’rgazma o’zida toʻqimachilik, ip-kalava, trikotaj, toʻquvchilik, boʻyash, pardozlash yo’nalishlarida 1000 dan ortiq toʻqimachilik texnologiyalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni jamlagan bo’lib, ular tomonidan 20-iyunga qadar yuqori texnologiyali uskunalar, ehtiyot qismlar va zamonaviy tizimlar namoyish etilmoqda. Ushbu yarmarkada “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi vakillari hamda direktsiya rahbariyati ham faol ishtirok etmoqda.

Ko’rgazmaga marhamat!
Запись

Ko’rgazmaga marhamat!

Joriy yilning 23-24 – iyun kunlari Andijon shahrida avtomobilsozlik, farmatsevtika, elektronika, qurilish mollari, tekstil mahsulotlari, charm-poyabzal hamda mebelsozlik sanoati sohalari uchun tarmoqlararo sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida navbatdagi ko’rgazma o’tkazilmoqda. Ushbu ko’rgazmada ishtirok etish yoki tashrif buyurish istagida bo’lgan tadbirkorlarimizni “Urgut” EIZ direksiyasiga murojaat etishlarini so’raymiz. Murojaat uchun: “Urgut EIZ direksiyasi +99866-483-11-07 Mas’ul...

Ko’rgazmaga marhamat!
Запись

Ko’rgazmaga marhamat!

Joriy yilning 9 – 10- iyun kunlari Farg’ona shahri “Samo” sport majmuasida tarmoqlararo sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida navbatdagi ko’rgazma o’tkazilmoqda. Ushbu ko’rgazmada ishtirok etish yoki tashrif buyurish istagida bo’lgan tadbirkorlarimizni “Urgut” EIZ direksiyasiga murojaat etishlarini so’raymiz. Murojaat uchun: “Urgut EIZ direksiyasi +99866-483-11-07 Mas’ul xodim: Yazdanov M. +99897-408-75-78

Saxovat tadbirlari davom etmoqda
Запись

Saxovat tadbirlari davom etmoqda

Ushbu ulug’ ayyom kunlarida tumanning “Qoldivoyjar”, “Bogʻishamol”, “Yuqori Tegana”, “Qayroqli”, “Quyi Tegana” mahallalarida yashovchi kam taʼminlangan, nogironligi bor, yordamga muhtoj va boquvchisini yoʻqotgan olti nafar oilalarga “Urgut” EIZ Direksiyasi direktori tomonidan 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 2 turdagi uy ro’zg’or buyumlari yashash xonadonlariga yetkazib berildi. Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda, xayriya tadbirlari davom etmoqda…

Tadbir boʼlib oʼtmoqda
Запись

Tadbir boʼlib oʼtmoqda

Аyni vaqtda Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʼmitasi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-aprelda qabul qilingan PF-115-son farmoni doirasida eksportni qoʼllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlarini soddalashtirishga qaratilgan tadbir boʼlib oʼtmoqda. Tadbirda Urgut erkin iqtisodiy zona direktsiyasi rahbari...

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda
Запись

Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda

Ushbu ulug’ ayyom kunlarida tumanning “Kulollik” mahallasida yashovchi kam taʼminlangan, nogironligi bor, yordamga muhtoj va boquvchisini yoʻqotgan olti nafar oilalarga “Urgut” EIZ Direksiyasi direktori tomonidan 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 2 turdagi uy ro’zg’or buyumlari yashash xonadonlariga yetkazib berildi. Ushbu xayriya tadbirlari davom etmoqda…

error: ddos attack protected !!