Urgut tumanida tadbirkorlar muammolarini hal qilishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

Urgut tumanida tadbirkorlar muammolarini hal qilishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

Viloyat hokimi A. Boboyev rahbarligida 2024-yil 24-dekabrda o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi, Kichik sanoat zonasi va Yoshlar sanoat zonalaridagi loyihalar holati tahlil qilindi.

Uchrashuvda ishlab chiqarish hajmi kamaygan, eksport amalga oshirilmagan hamda qurilishi to‘xtab qolgan loyihalar yuzasidan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Shu munosabat bilan, bugun Urgut tumani hokimi B. Jabborov, “Urgut” EIZ Direksiyasi direktori o’rinbosari G’.Madarov va sektor rahbarlari tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Yig’ilish yakuni bilan har bir korxona bilan alohida ishlash yuzasidan chora-tadbir belgilab olindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.