“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonchilik tadbirlarida “Urgut” EIZ korxonalari ham faol ishtirok etishmoqda.
Jumladan, EIZ korxonalari homiyligida viloyatimizning Payariq tumanidagi “Fitrat” mahallasining «Sayirgoh», «Mehriddin» va «Jasorat» ko’chalariga tosh- shag‘al qoplamasi tashlab berish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, bugunning o’zida «Sayirgoh» ko’chasining 300 metr qismiga tosh- shag‘al qoplamasi tashlab berildi.
Payariq tumanidagi “Fitrat” mahallasiga tosh- shag‘al qoplamasi tashlash ishlari davom etmoqda.
Leave a Reply