Bundan 5 kun avval Toshkent viloyati markazi – Nurafshon shahriga yurtimizning mashhur chavandozlari zotdor otlari bilan toʻplangan edi. Prezidentimizning 2019-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Qorabayir otlar marafoni”ga start berildi.
Toshkent viloyati hokimligi “Qorabayir otchilik majmuasi” hamda “ABS Oqqoʻrgʻon klaster” paxtachilik klasteri bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur marafonda 20 nafar chavandoz oʻz tulporlari bilan Toshkent viloyatidan Samarqand shahriga yoʻlga chiqqan.
Umumiy masofa 330 kilometr boʻlib, chavandozlar bugun, 7-dekabr kuni Samarqand shahri, Registon maydonida munosib kutib olindi hamda Samarqand viloyati hokimligi va Urgut EIZ direksiyasi mutasaddilari hamkorligida chavandozlarga EIZ ishtirokchisi boʻlgan korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sovgʻalar ulashildi.
Leave a Reply