Delegatsiya a’zolariga viloyat hokimining o’rinbosari J.Haydarov hamrohlik qildi. Mehmonlar dastlab hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdi. Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati va korxonalarning texnologik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mehmonlar Urgut EIZning yuqori salohiyatini e’tirof etib, istiqbolda Sankt-Peterburg va Urgut o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini bildirishmoqda. Tashrifning asosiy maqsadi innovatsion va sanoat sohalarida yangi aloqalarni o‘rnatish hamda o‘zaro tajriba almashish.
Urgut EIZ Rossiya bozoriga mahsulot yetkazib beruvchi asosiy iqtisodiy zonalardan biri hisoblanib, hududda keng ko‘lamli sanoat va eksport imkoniyatlari mavjud.
Leave a Reply