2020-yilda viloyatimizda 19 ta korxona tomonidan 6,8 million dollarlik, 2021-yilda 28 ta korxona tomonidan 8,038 million dollarlik charm-poyabzal mahsulotlari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Xitoy, Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Afgʻoniston kabi davlatlarga eksport qilingan.
Bu ma’lumotlar viloyat Matbuot uyida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi kotibiyati hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi ishtirokida charm-poyabzal sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida bildirildi.
Leave a Reply