Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, “Urgut” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi direktori Jamshid Haydarov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Zhejiang provinsiyasidagi yetakchi sanoat korxonalari va iqtisodiy zonalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, xitoylik investorlarga Samarqand viloyatida amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari haqida ma’lumotlar berilmoqda.

Shuningdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tadbirkorlari uchun Xitoy bilan hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnalogiyalardan foydalangan holda hamkorlikda qo’shma korxonalar ochish istiqbollari ham muhokama qilinmoqda.

Ushbu tashriflar va muzokaralar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi biznes imkoniyatlarini yaratishdagi ahamiyatini yanada oshiradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.