Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan viloyatning 14 ta tuman (shahari)da “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining filiallarini tashkil etish belgilangan edi.
Shu munosabat bilan Urgut erkin iqtisodiy zonasining Oqdaryo tumani hokimligi vakillari hamda bir guruh tadbirkorlar Urgut EIZ direksiyasida boʻlishdi.
Uchrashuv davomida bir necha istiqbolli loyihalar muhokama qilinib, “Urgut” EIZning Oqdaryo tumani filialida amalga oshirish va kelajakda ushbu kabi koʻplab loyihalarni shakllantirish belgilab olindi.
Leave a Reply