“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi to’g’risida
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi to’g’risida
- “Urgut” EIZ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvar PF-4931-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagidagi 196-sonli qarorga asosan dastlab 4 ta massivda 816,0 gektar yer maydonida tashkil etildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 628-sonli, 2021 yil 13 martdagi 133-sonli qarorlariga asosan 3 ta massivi 446,0 gektar yer maydonlari qo‘shilib, massivlar soni 7 ta yer maydoni 1262,0 gektarni tashkil etilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-5278-sonli Qaroriga asosan Samarqand viloyatining 14 ta tuman (shahari)da 18 ta massivda 559,8 gektar va Surxondaryo viloyatining Denov tumanidan 21,0 gektar, jami 580,8 gektar yer maydoni ajratilib,massivlar soni 28 ta yer maydoni 1 842,8 gektarni tashkil etgan
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-yanvardagi PQ-2-sonli qaroriga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidan 22,3 gektar, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan 37,4 gektar jami 59,7 gektar yer maydonlari ajratilib umumiy yer maydoni 1902,5 gektarni tashkil etmoq.



Katta investitsiya salohiyati

Soliq imtiyozlari

Bojxona to'lovlari

Qulay joylashuv

Urgut EIZning umumiy yer maydoni – 1902,5 gektar
- Urgut savdo vodiysi (Ipak yo'li nuqtasi)
- Mintaqada yuqori malakali kadrlar mavjudligi
- Temir yo'l va havo aloqasi
- Rivojlangan transport tarmog'i
- Eksport bozorlari
- Qulay iqlim sharoiti
Urgut - qadimiy, muqaddas joy
Urgut tumani Samarqand viloyatining janubiy sharqiy tomonidagi tog‘lar etagida, dengiz sathidan taxminan 1000 metr balandlikda joylashgan. Urgut tumani bir tomondan Qashqdaryo viloyati, bir tomondan qo‘shni Tojikiston Respublikasi bilan chgaradoshdir.
Urgut toponimining kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud. Taniqli sharqshunos V.L.Vyatkin mang‘itlar hukmronligi davridan boshlab tarixiy xujjatlarda uchraydigan Arkut qishlog‘i urgut deb atala boshlaganligini ta’kidlagan edi.
Ayrim olimlarning tushuntirishicha Urgut-Urkent (O‘rdagi, balanddagi shahar). Samarqand Davlat universiteti professori marhum R.Qung‘irov rahbarligida 1967-yilda Urgutga toponomik ekspeditsiya uyushtirgan edi. Bu jamoa ham Urgut-Urkentdir degan xulosaga keladi. Hali Urgutning tponomik nomi ma’nosi haqida aniq tuxtamga kelingan emas. Bu sohada har xil qarashlar, baxslashishlar davom etyapti.
Urgut tumani 1926-yilda tashkil topgan, 1120.28 kv.km yer maydoniga ega, 427 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Jumladan o‘zbek, rus, tojik, arman, tatar, uyg‘ur millatlari vakillari bir ota-ona farzandidek inoq hayot kechirmoqda.
Urgut o‘zining 100 ming yillik tarixiga ega bo‘lgan tabarruk go‘sha ekanligi qadimiy manbalar asosida isbotlangan. Bunga tumanda joylashgan qadimiy manzilgohlar va muqaddas qadamjolar yaqqol dalildir. Urgut o‘ziga xos milliy urf-odatlar, xalq hunarmandchiligi va etnografik xususiyatlari bilan boshqa tumanlardan ajralib turadi.
Bu esa ichki va xorijiy sayohatchilar uchun g‘oyat diqqatga sazovor xususiyat hisoblanadi. Tumanda sayyohlarning tinch, xotirjam, va qiziqarli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Sayohat va dam olish go‘shalarida bemalol sayr etishlari uchun transport tarmog‘i yaxshi rivojlangan.
Urgutda sayyohlar muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishlari, milliy urf-odatlar va hunarmandchilik jarayoni bilan tanishuvlari hamda tabiatning diltortar go‘shalarida sayr qilib dam olishlari mumkin.
Sayyohlik marshrutlarining uzunligi birinchi yo‘nalishda 5-8 km, ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha esa 10,2 km bo‘lib, o‘rtacha tezlikda 1-2 kunlik yurish uchun mo‘ljallangan.
Barcha loyihalarni ko’rish ->