Seminarda, ekspertlar “Urgut”EIZ korxonalariga tashrifi chog‘ida ishlab chiqarishda yo‘qotilayotgan issiqlik miqdori va uning korxona iqtisodiyotiga qanchalik zarar yetkazayotganini o‘rganib, tahlil qilib, EIZ hududida faoliyat yuritayotgan boshqa korxona mutaxassislariga o‘rganilgan muammolar va ular yechimi bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berishdi. Yakunda bir qancha yirik ishlab chiqarish salohiyatiga ega korxonalar mutaxassislari ham o‘z tajribalari jarayonida yuzaga kelgan elektr va...
Bo'lim: Urgut yangiliklari
Бугун 20 август – Ўзбекистон тарихида 4-бора Тадбиркорлар куни кенг нишонланмоқда.
Ургут эркин иқтисодий зона дирекцияси Сиз, азизларни, 20 август – Тадбиркорлар куни билан чин дилдан қутлаб, барчангизга сиҳат-саломатлик, юрт равнақи ҳамда халқ фаровонлиги йўлидаги олижаноб фаолиятингизда улкан зафарлар тилайди. Сизлар бор экансизлар, Ўзбекистон албатта катта марраларни забт этишда дадил одимлайверади!
Takidlanganidek, BMTtining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati expertlar guruhi “Urgut”erkin iqtisodiyot zonasiga tashrif buyurdi
Tashkilotlarning mutaxassislari 4-kun davomida mahalliy korxonalarning elektr samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradilar, bu esa o‘z navbatida korxonalarning elektr energiyasidan foydalanish samaradorligi va energiya sarfi tahlilini bepul ekspertizadan o‘tkazishi imkonini beradi. Bu jarayonda energiya yo‘qotishlari aniqlanadi va ularga qarshi chora-tadbirlar taklif etiladi. UNIDO va GIZning “Urgut”erkin iqtisodiy zonasiga tashrifi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun...
Avval xabar berganimizdek, “Urgut”erkin iqtisodiy zonasi UNIDO va GIZ bilan EIZ hududida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muzokara olib borilayotgan edi
18-avgust sanasida J.Xaydarov boshchiligida ushbu tashkilotlar vakillari bilan yashil iqtisodiyotga o‘tish, ishlarni bajarish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, “Urgut”erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan,mahsulot ishlab chiqarishda elektr quvvati va gaz iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalar manzilli ro‘yxati tuzilib, ular bilan taklif etilayotgan loyihalarni joriy etish bo‘yicha fikr almashish rejalari tuzildi.
“Urgut”erkin iqtisodiy zonasining faol tadbirkorlari “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan taqdirlandilar.
Ibodullayev Umarjon G‘aybullayevich – Urgut tumanidagi «Bekmez Carpet» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, «Shuhrat» medali bilan, Mirboboyev Shaxob Asatillo o‘g‘li – Urgut tumanidagi «Urgut Mikro Metal» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar Ushbu taqdirlanganlarni Urgut EIZ direksiyasi rahbariyati tomonidan tabriklaymiz
25 iyul 2024 yil kuni, Xitoy Xalq respublikasida Samarqand viloyati delegatsiyasi bilan Guandun provinsiyasi o‘rtasida Iqtisodiy Hamkorlik Biznes Forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda Samarqand viloyati rasmiylari hamda Guandun provinsiyasi hukumat a’zolari va tadbirkorlar ishtirok etishdi. Biznes forum Xitoyning nufuzli telenashrlarida ham namoyish etildi. Ushbu biznes forum Xitoy bilan hamkorlikdagi investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda logistika masalalarini o‘zaro hal etish, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Forum ishida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib hamkorlikda erishilgan...
Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamda viloyati hokimining o‘rinbosari J.Xaydarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan ushbu davlatda bo‘lib turishibdi.
Ayni vaqtda Delegatsiya a’zolari Guangdong provinsiyasida bir qancha tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Samarqand viloyatidagi mavjud investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish hamda Urgut erkin iqtisodiy zona hududlaridan samarali foydalanish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish
“Axmad Isroil Tekstil” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli o‘lchamdagi paypoqlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur korxonada 110 nafar kishi ish bilan ta’minlagan. Ta’kidlanishicha, korxonada jahon standartlariga to‘la mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda ishlab chiqarilayotgan paypoqlar ichki bozordan tashqari xorijga eksport qilinmoqda. Korxona tomonidan og‘irligi 36,8 tonna, qiymati 1,37 million AQSH dollari miqdoridagi tovarlar Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston davlatlariga eksport...
”Urgut” EIZ hududida tibbiy preparatlar ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qo‘yildi
www.ufez.uzJuly 12, 2024 Urgut erkin iqtisodiy zonasining G‘ubdin massivi hududida Xitoy davlatining yirik dori vositalari ishlab chiqaruvchisi “Xindeyuan Bioenginering” Co. Ltd korxonasi tomonidan “YANGI OSIYO XALQARO BIOFARMATSEVTIKA” MChJ XK tomonidan “Tibbiy preparatlar ishlab chiqarilish” loyihasini amalga oshirilishiga poydevor qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari, korxona rahbariyati va keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi. Loyiha...
Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga tashrifi to’g’risida
Joriy yilning 24-30 iyun kunlari Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari O.Xamrayev boshligidagi delegatsiya Turkiya davlatiga tashrif buyurdi. Ushbu delegatsiyaga “Urgut” Erkin Iqtisodiy zona direksiyasi direktori o‘rinbosari G‘. Madarov ham hamrohlik qildilar va bir qator turk ishbilarmonlari hamda hukumat vakillari bilan biznes uchrashuvlar tashkillashtirilib, kelgusida turk investorlari bilan Samarqand viloyatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan investitsion loyihalar hamda...