Polsha davlatining lyublin voevodligi delegatsiyasining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Urgut”erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi

Polsha davlatining lyublin voevodligi delegatsiyasining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Urgut”erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi

Polsha davlati Lyublin voevodligi assambleyasi (Xalq deputatlari viloyat kengashi) raisi M.Riba boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Urgut”EIZning Xishrav va Sazag’on massividagi korxonalarga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida mehmonlarga “Urgut”EIZ direksiyasi direktori o’rinbosari G’.Madarov hamrohlik qildilar.

Mehmonlar EIZ hududidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yaqindan kuzatishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha ma’lumotlarga ham ega bo’lishdi

Polsha delegatsiyasi tarkibida turli biznes soha vakillarining mavjudligi kelgusidagi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o’rtasida o’zaro ilmiy texnalogik yangiliklarni tezda amalda joriy etish hamda fikr almashishlariga keng imkoniyat yaratadi.

Shu kabi delegatsiyalarning tobora tashriflarining ortib borayotgani mamlakatimiz rahbari tashabbuslari bilan tashkil etilgan EIZlar faoliyatining O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy ko’rsatgichlarida ham o’z o’rni borligini ko’rsatmoqda.

O’ylaymizki, Ushbu tashrif Polsha davlatining Lyublin voevodligi (viloyati)  va O’zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati o’rtasida iqtisodiy hamkorlikda va “Urgut”EIZda faoliyat yuritayotgan korxonalar eksport salohiyati uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published.

uz_UZUzbek

UFEZ - Buyuk kelajak uchun bizga qo'shiling!

Biz bilan bog'lanish

Maxfiylik siyosati / Ufez - O'zbekiston erkin iqtisodiy zonasi © 2017 - 2023 / Barcha huquqlar himoyalangan.