Urgut EIZ direksiyasida tadbirkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Urgut EIZ direksiyasida tadbirkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Urgut EIZ direksiyasida EIZ tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimiz qonunchiligidagi oʻzgarishlar va boshqa masalalar yuzasidan “Ochiq muloqot” shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Samarqand viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi O.Toʻrayev, viloyat Davlat soliq boshqarmasi maslahatlashuv boʻlimi boshligʻi B.Saliyev, “Oʻztest” sifat menejment tizimlarini sertifikatlash markazi rahbari F.Shakirova va sohaga oid boshqa masʼul idoralar rahbarlari va 50 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan muammolar va takliflar tinglandi. Tadbirkorlarga faoliyat olib borishida toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish borasida kerakli tavsiyalar va qonuniy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda Jomboy tumanida faoliyat yurituvchi “SOF Expo Samarkand” koʻrgazmalar markazining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmalar markazi rahbari A.Tadjibayev “SOF Expo Samarkand” koʻrgazmalar markazining imkoniyatlari va majmuada boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan taqdimotlar toʻgʻrisida axborot berib oʻtildi.

error: ddos attack protected !!